Kutubxonadan nimani qidiryapsiz?
(الإتقان في تفسير القرآن) Al–Itqon fiy tarjumatil Qur’on
Sohasi Tafsir
INN: 18
Muallif: SHayxul Islom ibn Asadulloh Humaydiy
Manba turi: Toshbosma
Til: Turkiy
Sahifalar soni: 520
Tavsif: Boshi: بسم الله الرحمن الرحيم ذاتی وهملرنک اشارتندن پاک بولوب صفتلاری اقللارنک وفهملارنک... Oxiri: ایسکی کاشیر وولوستی یاخشیباض قریه سنده امام ومدرس شیخ الإسلام ابن اسد الله الحمیدی (أبو عبد الاحد)التکوی. مصححلر: فیض العیان بکری/عبد القدوس فخری
Kitob turkiy tilda bitilgan bo‘lib, faqat 1–juz mavjud. Ushbu juzda Qur’on Karimning 1–surasi Fotihadan 17–surasi Bani Isroilgacha suralarning tarjima va tafsiri berilgan. Asar faqat tarjimadan iborat bo‘lmay, tarjima bilan qisqa izohlar berib ketilgan. Asarning oxirida mundarijasi berilgan. Ushbu asarni SHayx Abdulaziz Mansurning Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasiga o‘xshatsa bo‘ladi, lekin bu toshbosma undan ancha kengroq izohlar bilan berilgan. Asar muqaddimasida muallif tarjimani 1324 h yilning Rabi’ ul–oxir oyida boshlaganini aytgan. So‘ngra har bir surada keltirilgan masalalarni qisqa bayonini berib o‘tadi.