Kutubxonadan nimani qidiryapsiz?

Book Image

(ریاض الناصحین) Riyoz un–nosihiyn

Sohasi Fiqh

INN: 14

Muallif: Muhammad ibn Shayx Muhammad Rabhomiy

Manba turi: Toshbosma

Til: Fors

Sahifalar soni: 402

Yuklab olish


Tavsif: Boshi: ...وجمله مخلوقات نوع انسان را خلاصه آفرینش گردانیچ وآدمی صفی را صلوات الرحمن علیه در زمین خلیفه آفرید که ... Oxiri: سال تاریخش رقم کرده جقیر کافی پندی ریاض الناصحین ۱۳۱۸

Muallif asarni do‘stining iltimosiga binoan yozganini aytib o‘tgan. Muallifning aytishicha, asar diniy ilmlarga taalluqli 444 ta kitobdan istifoda qilingan holda yozilgan. Asarning birinchi qismi e’tiqodda farz va vojiblarga bag‘ishlangan bo‘lib, birinchi bob Alloh taoloning ma’rifati bayonida, ikkinchi bob iymon keltirilishi lozim bo‘lgan narsalar haqida, uchinchi bob iymon haqida, to‘rtinchi bob Sunnat va jamoat mazhabi haqida bo‘lib, e’tiqod qismi shu bob bilan yakun topgan. Ikkinchi qism amal qilinishi lozim bo‘lgan farz va vojiblar haqida. Birinchi bobi kalimai shahodat haqida, ikkinchi bob namoz haqida, uchinchi bob zakot, to‘rtinchi bob ro‘za, beshinchi bob haj, oltinchi bob farzi kifoya amallarga bag‘ishlangan, keyingi boblar, turmushdagi ishlar, sultonlarning, hamsuhbatlar, qo‘shnilar, hayvonlar va boshqalarning huquqlari hamda boshqa maishiy masalalarga bag‘ishlangan. Uchinchi qism shar’iy axloqning farz va vojiblari haqida hamda yaxshi axloq va turlariga bag‘ishlangan. To‘rtinchi qism tark qilinishi farz bo‘lgan narsalar: kufr, shirk, nifoq, riddat, bid’at, ma’siyat va badxulqliklarga bag‘ishlangan. Beshinchi qism farz va vojib ilmlar haqida.

ENG MASHXURLARI

Hamkorlar