Asar namoz, qurbonlik, turli zikrlardagi odoblar va bir necha suralarning tafsiriga bag'ishlangan. Jumladan kitob mundarijasida quyidagicha mavzular kyeladi:
Tavba bayoni, basmalaning Qur'ondanmi yo yoqligi, qiroat joiz joylar, tilovat sajdasi fasli, zikr va xilvat, g'iybat borasidagi tanbyeh, uzun orzu, havqalaning tafsiri, subh duosi va bomdod sunnati, qiblani bilish va masalalari, namoz odoblari, niyat, fotiha, kofirun, ixlos suralarining tafsiri, jamoat va hukmlari haqida, namozda birovni o'rniga o'tkazish, hukmlar, iftitoh takbiri, Ibn Mas'ud tashahhudi tafsiri, tashahuddan kyeyingi zikrlar, Asmoi husno ma'nolari, Rasululloh s.a.v ning ismlari, Falaq, Nos, Oyatal kursiy, ba'zi oyatlar tafsiri, sidq lafzining ma'nolari, Nabiy s.a.v ning zavjalari va boshqalar.
Asarda turli fiqhiy va tasavvufiy manbalardan foydalanilgan. Gohida arabcha matnlar byeriladi, ba'zida ularga forscha sharh bitib kyetiladi.
Asar ko'rinishidan Shihobiddin Suhravardiyning asariga sharhga o'xshaydi.
Nashr qiluvchi Xivalik Qori Ali Akbar ibn Abdulloh No'g'oyevdir.
Kitob to'liq saqlangan.